Namangan shahrida chiqindilarni boshqarish bo‘yicha yangi tashabbuslar amalga oshirilmoqda
2025-04-09 12:30:00 / Yangiliklar

Bugun shahar hokimi Anvarjon Otaxodjayev, viloyat ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi boshlig‘i Shuxrat Maksumov hamda tegishli tashkilotlar vakillari ishtirokida ushbu masala muhokama etildi.
Yig‘ilganlar ishtirokida shahar hududida yuzaga kelayotgan asosiy muammolardan biri — chiqindilarni belgilangan tartibda to‘plash va ularni olib chiqib ketishdagi kamchiliklar muhokama qilindi. Mavjud muammolarni bartaraf etish maqsadida shaharning turli hududlarida maxsus chiqindi tashlash joylari tashkil etilishi rejalashtirildi.
Jumladan, Uychi ko‘chasi bo‘ylab joylashgan ko‘p qavatli uylar atrofida hamda “Madaniy maorif” mahallasidagi noqonuniy chiqindixonalarni yo‘qotish va ular o‘rnida zamonaviy, avtomobil yo‘lidan chekkada joylashgan chiqindi tashlash joylari qurish belgilandi.
Bu tashabbuslar orqali nafaqat shahar ko‘chalaridagi sanitariya holati yaxshilanadi, balki aholi uchun ham qulay va xavfsiz muhit yaratilishi ta’minlanadi.
Namangan shahar hokimligi axborot xizmati.






