Fuqarolar murojaatlarini o‘rganish maqsadida navbatdagi sayyor qabul bo‘lib o‘tdi
2025-04-09 11:30:00 / Yangiliklar
Namangan shahrida fuqarolar murojaatlarini o‘rganish va ularga amaliy yordam berish maqsadida shahar hokimi Anvarjon Otaxodjayevning navbatdagi sayyor qabuli bo‘lib o‘tdi.

"Yangi hayot" mahallasida tashkil etilgan qabul davomida 20 nafar fuqaro o‘z muammolari bilan murojaat qildi. Ularning murojaatlari asosan salomatlikni tiklash, moddiy yordam, pensiya, tikuv mashinasi olish, tadbirkorlik faoliyatini boshlash, uy-joy, kadastr masalalari kabi yo‘nalishlarga tegishli bo‘ldi.
Shahar hokimi har bir murojaatni diqqat bilan tinglab, ularni ijobiy hal etish uchun tegishli choralar ko‘rildi. Shoshilinch hal etilishi mumkin bo‘lgan muammolar joyida hal etildi, ayrim masalalar esa vaqt va mablag‘ talab etgani uchun nazoratga olindi.
Mazkur sayyor qabul fuqarolar muammolarini samarali hal etish va aholi bilan ochiq muloqotni ta’minlashga qaratilgan.
Namangan shahar hokimligi axborot xizmati.









