Fuqarolar murojaati — e’tibor va amaliy yechim mezoni
2026-09-04 18:10:00 / Yangiliklar

Qabul davomida 5 nafar fuqaroning turli masalalar yuzasidan murojaatlari tinglandi. Fuqarolar tomonidan bildirilgan taklif va muammolar atroflicha o‘rganilib, har bir murojaat yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.
Shuningdek, murojaatlarda ko‘tarilgan masalalarni amaldagi qonunchilik talablari asosida ko‘rib chiqish, fuqarolarning qonuniy manfaatlarini ta’minlash hamda muammolarni imkon qadar qisqa muddatlarda hal etish yuzasidan aniq vazifalar belgilandi.
Ta’kidlanganidek, fuqarolar bilan ochiq muloqot qilish, ularning murojaatlarini diqqat bilan tinglash va ko‘tarilayotgan masalalarga amaliy yechim topish davlat boshqaruvida muhim yo‘nalishlardan biri hisoblanadi. Shu bois murojaatlarni o‘rganish va ularning ijobiy yechimini ta’minlash bo‘yicha tizimli ishlar izchil davom ettirilmoqda.
Namangan shahar hokimligi Matbuot xizmati


