Fuqarolar murojaatlari e’tiborda: shaxsiy qabulda dolzarb masalalar ko‘rib chiqildi
2026-09-04 17:30:00 / Yangiliklar
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Namangan shahridagi Xalq qabulxonasida Namangan shahar hokimining birinchi o‘rinbosari D. Umurzaqov tomonidan navbatdagi shaxsiy qabul o‘tkazildi.

Qabul davomida 12 nafar fuqaroning ijtimoiy-iqtisodiy masalalar, moddiy yordam, bolalar nafaqasi, sog‘liqni saqlash hamda boshqa yo‘nalishlardagi murojaatlari atroflicha tinglandi. Har bir murojaat yuzasidan mas’ullarga aniq topshiriqlar berilib, ularni qonuniy va adolatli hal etish bo‘yicha tegishli choralar belgilandi.
Ta’kidlash joizki, fuqarolar tomonidan ko‘tarilayotgan masalalar doimiy ravishda xonadonlarga chiqib o‘rganish orqali manzilli hal etilib, ularning ijobiy yechimini ta’minlash yuzasidan tizimli ishlar olib borilmoqda. Fuqarolar murojaatlari bilan ishlash, ularning dardini tinglash va muammolariga amaliy yechim topish ustuvor vazifalardan biri sifatida davom ettirilmoqda.
Namangan shahar hokimligi Matbuot xizmati



