Mehr va e’tibor — inson qadrining ifodasi
2026-08-27 09:05:00 / Yangiliklar

Tashrif davomida Otabek Yo‘ldashevning xonadondagi ijtimoiy-maishiy sharoiti, oilaning kundalik ehtiyojlari va mavjud muammolari atroflicha o‘rganildi. Samimiy muloqot chog‘ida uning fikr-mulohazalari, taklif va istaklari tinglanib, mavjud masalalar yuzasidan zarur tushuntirishlar berildi.
Shuningdek, oilaning sharoitini yanada yaxshilash, aniqlangan muammolarni manzilli hal etish hamda Otabek Yo‘ldashevni qo‘llab-quvvatlash yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.
Aholi, ayniqsa, yoshlar va ijtimoiy ko‘makka ehtiyojmand fuqarolar holidan muntazam xabar olish, ularning muammolarini o‘rganish va yechimini ta’minlash — inson qadrini ulug‘lashga qaratilgan ezgu ishlarining muhim yo‘nalishlaridan biridir.
Namangan shahar hokimligi Matbuot xizmati



