Shaxsiy qabulda fuqarolar murojaatlari tinglandi: muammolar yechimi nazoratga olindi
2026-08-12 22:00:00 / Yangiliklar

Qabul davomida 6 nafar fuqaro tomonidan oilaviy masalalar, xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, bandlikni ta’minlash, ijtimoiy yordam va moddiy ko‘mak ajratish, shuningdek huquqiy maslahatlar berish bilan bog‘liq murojaatlar tinglandi.
Murojaatlar yuzasidan tegishli idora va tashkilotlar vakillari ishtirokida batafsil muhokamalar o‘tkazilib, har bir masalani hal etish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilab olindi. Tezkor yechim talab etuvchi murojaatlar yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berilib, ijrosi nazoratga olindi.
Bunday shaxsiy qabullar fuqarolar bilan ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish, mavjud muammolarni joyida o‘rganish hamda aholining ijtimoiy himoyasini kuchaytirishga xizmat qilmoqda.
Namangan shahar hokimligi Matbuot xizmati



