Fuqarolar murojaatlari e’tiborda
2026-08-12 13:50:00 / Yangiliklar

Unda shahar hududida istiqomat qiluvchi fuqarolar o‘zlarini qiynab kelayotgan turli masalalar yuzasidan murojaat qildilar. Xususan, kommunal xizmatlar, uy-joy qurilishi, kadastr, infratuzilma hamda boshqa ijtimoiy-maishiy masalalar bo‘yicha murojaatlar tinglandi.
Qabul davomida har bir murojaatga alohida e’tibor qaratilib, masalalarning mazmuni va yechimi mas’ul tashkilotlar vakillari bilan birgalikda muhokama qilindi. Ayrim murojaatlar bo‘yicha tegishli tushuntirishlar berilgan bo‘lsa, qo‘shimcha o‘rganish va amaliy choralar ko‘rishni talab etuvchi masalalar yuzasidan mas’ullarga aniq topshiriqlar berildi.
Fuqarolar tomonidan ko‘tarilgan muammolarni zudlik bilan o‘rganish, ularni ijobiy hal etish va ijrosini nazoratga olish bo‘yicha tegishli vazifalar belgilandi.
Bunday shaxsiy qabullar aholi bilan bevosita muloqotni yo‘lga qo‘yish, fuqarolarni qiynayotgan muammolarni joyida aniqlash hamda ularning qonuniy murojaatlariga amaliy yechim topishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Namangan shahar hokimligi Matbuot xizmati



