Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashining navbatdagi yigirma ikkinchi sessiyasi o‘tkazildi
2026-08-07 15:10:00 / Yangiliklar
Namangan shahar hokimligining majlislar zalida Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashining navbatdagi yigirma ikkinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

Sessiya kun tartibiga quyidagi masalalar kiritildi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Namangan shahridagi Xalq qabulxonasining 2026-yil II chorak davomida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari hamda aholi muammolari bilan ishlash holati to‘g‘risidagi axboroti haqida;
2. Namangan shahrida 2026-yilning birinchi yarim yilligida investitsiya loyihalarini amalga oshirish, xorijiy investitsiyalarni jalb etish hamda eksport salohiyatini oshirish chora-tadbirlarining ijrosi to‘g‘risida;
3. 2026-yil birinchi yarim yilligida Namangan shahar prokuraturasining qonun ustuvorligini ta’minlash, qonuniylikni mustahkamlash va jinoyatchilikka qarshi kurash borasida faoliyati yuzasidan axboroti to‘g‘risida;
4. Namangan shahar Adliya bo‘limining 2026-yilning II yarim yilligi davomida norma ijodkorligi faoliyati va huquqni qo‘llash amaliyoti bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar yuzasidan axboroti to‘g‘risida;
5. Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 5-avgustdagi “Oʻzboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga boʻlgan huquqlarni eʼtirof etish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-937-sonli Qonunini Namangan shahrida ijrosini taʼminlash toʻgʻrisida;
6. 2026-yil birinchi yarim yilligida shahar huquqbuzarliklar profilaktikasi holati, jamoat xavfsizligini ta’minlash hamda jinoyatchilikka qarshi kurashish borasida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida;
7. Namangan shahridagi mahallalar va ta’lim muassasalaridagi yoshlarni yozgi ta’tilini mazmunli va samarali o‘tkazishga qaratilgan “Dolzarb 90 kun” tadbirlarini yuqori darajada o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida;
8. Mahalliy budjet daromadlari bajarilishi holati, qo‘shimcha rezervlarni aniqlash bo‘yicha qilingan ishlar, shuningdek soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar kesimida budjetga hisoblangan va amalda to‘langanligi, ular bo‘yicha soliq qarzdorligi to‘g‘risida;
9. Namangan shahridagi umumiy o‘rta ta’lim maktablarida tashkil etilgan “Korreksion sinf xonalari”ni “Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik” jamg‘armasi mablag‘larini xisobidan 2026-yil davomida jixozlash to‘g‘risida;
10. “Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik” jamg‘armasiga yo‘naltirilgan mablag‘lardan foydalanish to‘g‘risida;
11. Oʻzbekiston Respublikasining Yoshlar ishlari agentligi Namangan shahar bo‘limining 2026- zbekiston yil birinchi yarim yilligi yakunlari bo‘yicha faoliyati yuzasidan hisobotini ko‘rib chiqish to‘g‘risida;
12. Namangan shahri, Davlatobod va Yangi Namangan tumanlarida zamonaviy kapsulali kutubxonalarni tashkil etish masalasini ko‘rib chiqish to‘g‘risida;
13. Namangan shahar tibbiyot birlashmasining 2026-yil birinchi yarim yilligida aholi salomatligini muhofaza qilish, fuqarolarga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifati va samaradorligini oshirish, sog‘liqni saqlash tizimida amalga oshirilgan ishlar hamda mavjud muammolar to‘g‘risidagi hisoboti haqida;
14. Namangan shahrida yangi ish o‘rinlarini yaratish va aholi bandligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida:
15. Namangan shahrida aholiga kommunal xizmatlar ko‘rsatish sifati, sohadagi mavjud muammolar hamda ularni tizimli bartaraf etish chora-tadbirlari to‘g‘risida;
16. Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashi sessiyalarida mas’ul davlat organlari va tashkilotlari rahbarlarining murojaatlar bilan ishlash bo‘yicha axborot (hisobot)lari eshitilishini samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida.
Sessiya yakunida Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashining tegishli qarorlari qabul qilindi.
Namangan shahar hokimligi Matbuot xizmati









