"Talaba Expo – 2026": Yoshlar bandligi va kelajagi sari muhim qadam
2026-06-11 11:25:00 / Yangiliklar

Yarmarkaning rasmiy ochilish marosimida viloyat hokimining o‘rinbosari, Namangan shahar hokimi hamda qator davlat va jamoat tashkilotlari vakillari ishtirok etdilar. Tadbir avvalida viloyat rahbarining yarmarka qatnashchilari va yoshlarga yo‘llagan tabrigi o‘qib eshittirildi.
Mazkur mehnat yarmarkasi yoshlarning bandligini ta’minlash, ularni munosib ish o‘rinlariga yo‘naltirish, talabalar va ish beruvchilar o‘rtasida samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘yish hamda bitiruvchilarning mehnat bozoriga integratsiyasini jadallashtirishga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.
Tadbir davomida “Talaba Expo” loyihasini yuqori saviyada tashkil etish va uning faoliyatini qo‘llab-quvvatlashda yaqindan hamkorlik qilib kelayotgani uchun Namangan viloyati hokimligiga O‘zbekiston Milliy bankining maxsus statuetkasi topshirildi.
“Talaba Expo – 2026” mehnat yarmarkasi yoshlarning kasbiy salohiyatini ro‘yobga chiqarish, ularni zamonaviy mehnat bozori talablari bilan yaqindan tanishtirish hamda kelajakdagi muvaffaqiyatlari uchun mustahkam poydevor yaratishga xizmat qiladigan muhim maydon sifatida e’tirof etildi.
Namangan shahar hokimligi Matbuot xizmati









