Yosh avlod tarbiyasiga innovatsion yondashuv: 75-sonli DMTT tajribasi e’tirof etildi
2026-06-11 09:30:00 / Yangiliklar

Tadbir davomida tarbiyalanuvchilar tomonidan tayyorlangan turli ijodiy va amaliy mahsulotlar ko‘rgazmasi namoyish etildi. Shuningdek, bolajonlar ijrosidagi dilbar kuy-qo‘shiqlar, milliy raqslar va sahna chiqishlari yig‘ilganlarga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi. Tadbirda yosh avlod qalbida milliy o‘zlikni anglash, mehnatsevarlik, yaratuvchanlik va kasbga qiziqish tuyg‘ularini shakllantirishga alohida e’tibor qaratildi.
Tadbirda ishtirok etgan Namangan shahar hokimi, Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashi deputati Ayubxon Kamalov muassasada yo‘lga qo‘yilgan ushbu ilg‘or tajriba bilan yaqindan tanishib, uning samaradorligini yuqori baholadi. Shahar hokimi yoshlarni har tomonlama barkamol etib tarbiyalashga xizmat qilayotgan mazkur tashabbusni shahar miqyosida keng ommalashtirish yuzasidan mutasaddilarga tegishli topshiriq va ko‘rsatmalar berdi.
Mazkur tadbir yosh avlodni milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalash, ularning iste’dod va qobiliyatlarini yuzaga chiqarish hamda kelajak kasblariga qiziqishini oshirish borasidagi amaliy ishlarga yorqin misol bo‘ldi.









