Sayyor qabulda fuqarolar murojaatlariga aniq chora-tadbirlar belgilandi
2026-06-09 14:50:00 / Yangiliklar

Qabul davomida shahar hokimi, Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashi deputati Ayubxon Kamalov tomonidan 61 nafar fuqaroning murojaatlari, muammo va takliflari atroflicha tinglandi. Murojaatlarning 23 tasi qabul jarayonining o‘zida tegishli mas’ullar ishtirokida ijobiy hal etildi.
Bajarilishi ma’lum vaqt talab etadigan hamda qo‘shimcha o‘rganishni taqozo etuvchi murojaatlar esa tegishli tashkilot va idoralarga yuborilib, ularni qonunchilik doirasida ko‘rib chiqish hamda ijobiy yechim topish yuzasidan aniq vazifalar belgilandi.
Bunday sayyor qabullar aholi bilan ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish, fuqarolarni qiynayotgan masalalarni joyida hal etish hamda davlat organlarining xalq oldidagi mas’uliyatini yanada oshirishga xizmat qilmoqda.
Namangan shahar hokimligi Matbuot xizmati









