“Xotira nuri” kitobi shahar hokimiga topshirildi
2026-05-09 11:20:00 / Yangiliklar
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari Shahnoza Mirziyoyeva tashabbusi bilan nashr etilgan “Xotira nuri” kitobining ikkinchi nashri Namangan shahar hokimi Ayubxon Kamalovga topshirildi.

Mazkur kitobda Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarining hayot yo‘li, urush yillaridagi mashaqqatlari, jasorati hamda kechinmalariga oid real voqealar asosida yozilgan hikoyalar jamlangan bo‘lib, ularning fidoyiligi va matonatini yoritishga xizmat qiladi.
Kitobni topshirish jarayonida urush va mehnat faxriylarining mardlik, sabr-toqat va vatanparvarlik namunasi bo‘lgan hayot yo‘lini yosh avlodga yetkazishda bunday ma’naviy-ma’rifiy asarlarning ahamiyati alohida ta’kidlandi. Qayd etilganidek, tarixiy xotirani asrash, ajdodlar jasoratini e’zozlash hamda yoshlar qalbida vatanparvarlik ruhini mustahkamlashda mazkur kitob muhim manba bo‘lib xizmat qiladi.



