Bitiruvchi yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
2026-05-07 12:10:00 / Yangiliklar
Yoshlar kuni doirasida Namangan shahar 2-son texnikumida bitiruvchi yoshlar bilan Namangan shahar hokimi Ayubxon Kamalovning uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Samimiy va ochiq muloqot ruhida tashkil etilgan tadbirda yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar, kelgusi reja va maqsadlari haqida fikr almashdilar.
Uchrashuv davomida shahar hokimi yoshlarning orzu-intilishlari, kasb tanlash va kelajakdagi rejalari bilan qiziqib, ularning tashabbus va intilishlarini qo‘llab-quvvatlashini ta’kidladi. Shuningdek, bilimli va vatanparvar yoshlar mamlakat taraqqiyotining muhim tayanchi ekanini qayd etdi.
Tadbir so‘ngida bitiruvchi yoshlarga kelgusi hayot yo‘lida omad, ulkan zafarlar va muvaffaqiyatlar tiladi.









