Namangan shahar 2-son texnikumi faoliyati o‘rganildi
2026-05-07 11:20:00 / Yangiliklar

Bugungi kunda texnikumda 10 ta yo‘nalish bo‘yicha 1795 nafar o‘quvchiga 100 nafar malakali o‘qituvchi tomonidan ta’lim-tarbiya berilmoqda. Joriy yilda 637 nafar bitiruvchi yoshlar mustaqil hayotga qadam qo‘yishi kutilmoqda. Shuningdek, yoshlarning kasb-hunarga bo‘lgan qiziqishini oshirish maqsadida texnikumda qisqa muddatli 7 ta yo‘nalish bo‘yicha o‘quv kurslarini tashkil etish rejalashtirilgan.
Ta’lim muassasasida dual ta’lim tizimini rivojlantirish, nazariy bilimlarni amaliyot bilan uyg‘unlashtirish hamda yoshlarni mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan kasblarga yo‘naltirish ustuvor vazifalardan biri sifatida belgilangan.
O‘rganish davomida shahar hokimi o‘quvchilar tomonidan tayyorlangan mahsulotlar ko‘rgazmasi bilan tanishib, yoshlarning iqtidori va amaliy ko‘nikmalarini yuqori baholadi.
Namangan shahar hokimligi Matbuot xizmati









