jtimoiy himoya va energiya samaradorligi — e’tiborda
2026-05-04 21:35:00 / Yangiliklar

jtimoiy himoya va energiya samaradorligi — e’tiborda
Namangan shahrining “Sharshara” mahallasida “Ijtimoiy reyestr”ga kiritilgan fuqarolarning yashash sharoitlarini o‘rganish ishlari davom etmoqda. Jarayon davomida I guruh nogironi bo‘lgan Ubaydullayeva Nargiza xonadonidagi holat ham ko‘zdan kechirildi.
Mazkur xonadonda bugunga qadar ijtimoiy xodimlar tomonidan turmush sharoitini yaxshilash maqsadida ijtimoiy xizmatlar va moddiy yordam ko‘rsatib kelinmoqda. Endilikda esa Prezidentning 2026-yil 5-fevraldagi PQ–49-son qarori asosida xonadon energiya tejamkor talablarga mos ravishda ta’mirlanmoqda.
Namangan shahar hokimi Ayubxon Kamalov xonadonda olib borilayotgan ishlar bilan tanishib, fuqaro bilan muloqot qildi hamda mavjud muammolarni bartaraf etish yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berdi.
Namangan shahar hokimligi Matbuot xizmati



