Namangandan Janubiy Koreyaga yangi hamkorlik koʻprigi
2026-05-23 20:15:00 / Yangiliklar
Namangan viloyati hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov 65-Xalqaro Gullar festivali doirasida Janubiy Koreya delegatsiyasi vakillarini qabul qildi. Uchrashuvda Janubiy Koreya Jamoatchilik bilan aloqalar va xalqaro hamkorlik departamenti direktori Lim Yong-Chol, Qishloq xoʻjaligi siyosati direktori Leye Yong-Song hamda Buyeo tumani hokimi vazifasini bajaruvchi, hokim oʻrinbosari Hong In-A ishtirok etdi.

Muloqot davomida tomonlar iqtisodiyot, qishloq xoʻjaligi, investitsiya, turizm va hududlar oʻrtasidagi oʻzaro aloqalarni yanada kengaytirish masalalarini muhokama qildi. Shuningdek, istiqbolli loyihalarni amalga oshirish, tajriba almashish va xalqaro hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish boʻyicha fikr almashildi.
Uchrashuv samimiy va doʻstona ruhda oʻtib, kelgusidagi manfaatli hamkorlik uchun muhim qadam boʻldi.



