BOLALAR HIMOYASI — QONUN USTUVORLIGI VA JAMIYAT MAS’ULIYATI
2026-11-12 10:05:00 / Yangiliklar

BOLALAR HIMOYASI — QONUN USTUVORLIGI VA JAMIYAT MAS’ULIYATI
ÖRQ–1180-son Qonun bolalarni zöravonlikdan himoya qilişning huquqiy kafolatlarini yanada mustahkamlaydi
Bolaning xavfsizligi, uning huquq va manfaatlarini himoya qiliş har qanday jamiyatning insonparvarlik mezoni, davlat siyosatining esa muhim ustuvor yönalişidir.
Bolalik — inson hayotining eng beğubor, ayni paytda eng himoyaga muhtoj davri. Bu davrda bolaning xavfsizligi, soğlom rivojlanişi, ta’lim olişi va munosib tarbiya topişi nafaqat oilaning, balki butun jamiyatning mas’uliyatini belgilaydi. Şu bois bolalarni zöravonlikning barça şakllaridan himoya qiliş, ularning huquq va qonuniy manfaatlarini ta’minlaş bugungi kunning dolzarb vazifalaridan biri hisoblanadi.
Özbekiston Respublikasida mazkur yönalişda amalga oşirilayotgan izçil islohotlarning navbatdagi muhim bosqiçi sifatida 2026-yil 14-oktabrda ÖRQ–1180-son Qonun qabul qilindi. Uşbu hujjat bolalarni zöravonlikdan himoya qiliş tizimini takomillaştiriş, huquqbuzarliklarning oldini oliş va sodir etilgan qilmişlar uçun javobgarlikning muqarrarligini ta’minlaşga qaratilgani bilan alohida ahamiyat kasb etadi.
Qonunçilikdagi muhim yangiliklar
Mazkur qonun bilan Jinoyat kodeksi, Jinoyat-protsessual kodeksi, Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeks hamda boşqa qonunçilik hujjatlariga tegişli özgartiriş va qöşimçalar kiritildi.
Xususan, ön tört yoşga tölmagan şaxsga nisbatan sodir etilgan ayrim jinsiy jinoyatlar uçun jazo çoralari kuçaytirildi. Bunday jinoyatlar uçun ön beş yildan yigirma beş yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş yoki umrbod ozodlikdan mahrum qiliş jazosi belgilandi.
Şuningdek, voyaga yetmaganlarga nisbatan sodir etilgan ayrim oğir jinoyatlar uçun javobgarlik kuçaytirilib, bolaning ölimiga sabab bölgan qasddan sodir etilgan jinoyatlar yuzasidan şartli hukm qilişni qöllaş çeklangan.
Bu normalar bolalarning hayoti, soğliği, şa’ni va qadr-qimmatini himoya qilişga qaratilgan qonunçilik siyosatining yanada qat’iylaşayotganini körsatadi.
Jabrlangan bolalar uçun mustahkam huquqiy kafolatlar
Qonunning muhim jihatlaridan yana biri zöravonlikdan jabrlangan yoki unga guvoh bölgan voyaga yetmaganlarning huquqiy himoyasini kuçaytirişdir.
Endilikda bunday bolalarga protsessual harakatlarga jalb etilgan vaqtdan boşlab davlat hisobidan yuridik yordam körsatiş nazarda tutilgan. Jinsiy zöravonlik bilan boğliq jinoyat işlari böyiça voyaga yetmagan jabrlanuvçining davlat hisobidan advokat bilan ta’minlanişi ham muhim kafolatlardan biridir.
Mazkur yondaşuv bolalarning huquq va qonuniy manfaatlarini sud-huquq jarayonlarida himoya qiliş, ularning ikkilamçi ruhiy zarar körişining oldini oliş hamda adolatli munosabatni ta’minlaşga xizmat qiladi.
Oilada va ta’lim muassasalarida xavfsiz muhit
Bola tarbiyasi va uning kamoloti, avvalo, oiladagi muhit bilan çambarças boğliq. Ota-onalar va ularning örnini bosuvçi şaxslarning farzand tarbiyasidagi majburiyatlarini bajarmasligi uçun ma’muriy javobgarlik çoralarining kuçaytirilişi uşbu masalaga bölgan talabçanlikni oşiradi.
Qonun bilan ta’lim taşkilotlarida ham bolalarni himoya qilişga qaratilgan muhim özgarişlar belgilandi. Jumladan, bolani tarbiyalaş va unga ta’lim beriş majburiyati yuklatilgan ta’lim taşkiloti xodimining bolaga nisbatan zöravonlik sodir etganligi uçun javobgarlikka tortilişi mehnat şartnomasini bekor qiliş uçun qöşimça asos sifatida belgilandi.
Bu esa ta’lim muassasalarida xavfsiz muhit yaratiş, pedagogik mas’uliyatni oşiriş va bolalarga nisbatan zöravonlikka murosasiz munosabatni şakllantirişda muhim ahamiyatga ega.
Qonun ijrosi — barçamizning vazifamiz
Har qanday qonunning samarasi uning amaliyotga qanday tatbiq etilişi bilan belgilanadi. Şu ma’noda ÖRQ–1180-son Qonunning ijrosi davlat organlari, ta’lim muassasalari, ota-onalar va jamoatçilikning özaro hamkorligini talab etadi.
Surxondaryo viloyat sudi sudya katta yordamchisi A.Xoliyorov
