Maktabdagi shart-sharoitlar va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik o‘rganildi
2026-10-30 16:30:00 / Yangiliklar

Maktabdagi shart-sharoitlar va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik o‘rganildi

Bugun Muzrabot tumani hokimi Abdulla Mamatqulov tumanning Chegarachi mahallasida joylashgan 22-sonli umumta’lim maktabida bo‘lib, ta’lim muassasasida o‘quvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar va mavjud imkoniyatlar bilan tanishdi.
O‘rganish davomida o‘quvchilarning ta’lim olishi, bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirishi uchun yaratilgan sharoitlar ko‘zdan kechirildi. O‘quvchilar bilan suhbatlashilib, ularning fanlarga bo‘lgan qiziqishlari, intilishlari, taklif va istaklari tinglandi.
Shuningdek, maktabning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi, isitish tizimining holati hamda ta’lim jarayonini uzluksiz tashkil etish uchun zarur sharoitlar o‘rganildi.
Aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli mas’ullarga ularni bartaraf etish, mavjud sharoitlarni yanada yaxshilash hamda kuz-qish mavsumini betalafot o‘tkazish bo‘yicha zarur topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.
