Asosiy kontentga o'tish

Farg‘onalik yoshlar muddatli harbiy xizmatga tantanali kuzatildi

2025-04-05 12:00:00 / Yangiliklar

Sharqiy harbiy okrug qo‘shinlari Farg‘ona garnizonidagi harbiy qismda navbatdagi chaqiruv doirasida Vatan himoyasiga otlanayotgan farg‘onalik yoshlarni tantanali kuzatish marosimi bo‘lib o‘tdi.

 Tadbirda Sharqiy harbiy okrug qoʻshinlari qoʻmondonligi, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, Qurolli Kuchlar faxriylari hamda chaqiriluvchilarning yaqinlari ishtirok etdi.

Tantanali marosimda yoshlarga ezgu tilaklar izhor qilinib, ularning matonatli, intizomli va el-yurtga munosib farzandlar bo‘lib xizmat qilishlariga ishonch bildirildi. Ayniqsa, yurtimizda Prezidentmiz, Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qo‘mondoni boshchiligida olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlar tufayli bugun milliy armiyamiz saflarida xizmat qilish chinakam sharaf ishiga aylangani alohida ta’kidlandi.

Tadbir yakunida harbiy orkestr ijrosida kuy-qo‘shiqlar yangradi, chaqiriluvchilarga esdalik sovg‘alari topshirildi.

Sharqiy harbiy okrug matbuot xizmati 

192

Oxirgi yangilanish: 2025-04-05 15:36:50

Farg‘onalik yoshlar muddatli harbiy xizmatga tantanali kuzatildi