Asosiy kontentga o'tish

“Yoshlar Akademiyasi”ning V Assambleyasi bo‘lib o‘tdi

2025-03-27 09:00:00 / Yangiliklar

Poytaxtimizda respublika miqyosidagi 107 ta oliy ta’lim muassasalari va harbiy ta’lim muassasalarining liderlari ishtirokida Oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi “Yoshlar akademiyasi”ning V assambleyasi bo‘lib o‘tdi.

Assambleya doirasida yoshlar uchun ilmiy va ijtimoiy loyihalar, ta’lim tizimidagi yangiliklar hamda jamiyatda yosh olimlarning o‘rni haqida muhim masalalar muhokama qilindi. Shuningdek, Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy institutining bir guruh yosh olimlarini harbiy sohadagi ilmiy ishlanmalari, erishgan yutuqlari va yaratayotgan innovatsion loyihalarini namoyish etildi.  
Aslini olganda “Yoshlar akademiyasi assambleyasi” – yoshlar akademiyasi vazifalarini amalga oshirish va mavjud muammolarni hal etishga qaratilgan takliflar va yechimlar ishlab chiquvchi, shuningdek, yoshlarni ilmiy-innovatsion faoliyatga keng jalb etish maqsadida tashkil etilgan bo‘lib u yoshlar akademiyasi liderlaridan iborat tuzilma hisoblanadi.
Assambleya yakunida, Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy institutining yosh olimlardan iborat jamoasi “Bo‘lajak olim” tanlovi natijalariga ko‘ra “Eng yaxshi g‘oya” yo‘nalishida g‘olib deb topildi va Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan sertifikat hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanishdi.
Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti

250

Oxirgi yangilanish: 2025-03-27 09:02:58

“Yoshlar Akademiyasi”ning V Assambleyasi bo‘lib o‘tdi