Janubda sayyor qabul va mehnat yarmarkasi bo‘lib o‘tdi
2025-02-19 18:40:00 / Yangiliklar

Xususan, Janubi-gʻarbiy maxsus harbiy okrugi tasarrufidagi Xayrabod garnizonida joylashgan harbiy qism qoʻmondonligi hamda Termiz harbiy prokuraturasi bilan hamkorligida o‘tkazilgan sayyor qabul va mehnat yarmarkasi ham o‘z oldiga mana shunday ezgu niyatlarni qo‘yganligi bilan ahamiyatli bo‘ldi.
Sayyor qabulda Surxondaryo viloyatining Denov, Uzun, Sariosiyo tumanlaridan kelgan fuqarolar, Qurolli Kuchlar faxriylari, harbiy xizmatchilar va ularning oila aʼzolari ishtirok etdi.
Tadbir avvalida ochiq muloqot o‘tkazilib, harbiylar va ularning oila a’zolariga yaratilgan sharoitlar, imkoniyat va imtiyozlar haqida ma’lumotlar berildi va o‘tkazilayotgan tadbirlarning ahamiyati xususida so‘z yuritildi.
Qabul davomida harbiy xizmatchilarning farzandlarini bolalar bog‘chasiga joylashtirish, bandlik masalalari, muddatli harbiy xizmatni o‘tagan yoshlarning kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatga qabul qilinishi kabi murojaatlar tinglandi.
Tadbir so‘ngida tumandagi Bandlikka ko‘maklashish markazi tomonidan mehnat yarmarkasi tashkil etilib, unda harbiy xizmatchilarning oila a’zolari va ish beruvchi tashkilotlar o‘rtasida shartnoma imzolandi.
Janubi-gʻarbiy maxsus harbiy okrugi matbuot xizmati