Uch avlod vakillarini uchrashtirgan uchrashuv
2025-02-19 11:40:00 / Yangiliklar

Qurolli Kuchlar akademiyasida tarix, bugun va kelajakni o‘zida mujassam etgan “Uch avlod uchrashuvi” ana shu ezgu maqsadga qaratildi.
Unda Qurolli Kuchlar akademiyasi shaxsiy tarkibi, ofitserlar, kursantlar va Qurolli Kuchlar faxriylari ishtirok etdi.
Uchrashuvda faxriylar o‘z hayoti va mehnat faoliyati davomida to‘plagan boy tajribasi, yoshlik davridagi o‘ziga xos qiyinchiliklar, mehnat pallasidagi mashaqqatlar, nihoyat nuroniylik paytida ko‘rsatilayotgan hurmat-ehtirom haqida o‘z dil so‘zlarini, samimiy fikrlarini bildirdi.
Tadbir yakunida faxriy xizmatchilarning ibratli hayot yo‘li va xizmat faoliyatiga bag‘ishlangan “Taqdirlar” nomli o‘quv filmining namoyishi bo‘lib o‘tdi.
Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti