Kadrlar faoliyatini raqamlashtirish boʻyicha malaka oshirish kursi tashkil etildi
2025-02-01 12:35:00 / Yangiliklar

Xususan, yaratilgan imkoniyatlar natijasida Mudofaa vazirligi rahbariyati tomonidan barcha sohalarni raqamlashtirishga katta eʼtibor qaratilmoqda. Mudofaa vazirligi va “Yagona integrator Uzinfocom” MCHJ bilan olib borilgan uzviy hamkorlik natijasida kadrlar faoliyati raqamlashtirildi va amaliyotga tatbiq etildi.
Soha mutaxassislarining bilim va ko‘nikmalarini oshirish maqsadida esa joriy yilning 20-31-yanvar kunlari Mudofaa vazirligi Kadrlar faoliyatini raqamlashtirish boʻyicha malaka oshirish kursi tashkil etildi. Mazkur o‘quv kursida 25 nafar kadr organi mutaxassislarining bilim va malakalari oshirildi.
Yakunda 72 soatlik o‘quv kursini muvofaqqiyatli tamomlagan soha vakillariga sertifikatlar topshirildi.
Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti