Muammolar ijobiy yechim topmoqda
2025-01-29 18:10:00 / Yangiliklar

Olib borilayotgan ishlarning samarasi oʻlaroq tashkil etilgan sayyor qabul ham murojaatlarni tinglash, muammolarni ijobiy hal qilishga bagʻishlangan.
Mudofaa vazirining tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar boʻyicha oʻrinbosarining navbatdagi sayyor qabuli ham ochiq va shaffof tarzda boʻlib oʻtdi.
Qabulda ko‘rib chiqilayotgan muammolarni ijobiy hal etish maqsadida mas’ul harbiy xizmatchilar, harbiy xizmatchilarning oilalari bilan ishlash boʻlimi vakillari ishtirok etdi.
Qabul jarayonida jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan ellikdan ortiq murojaatlarning aksari joyida ijobiy hal etildi. Qolganlari yuzasidan huquqiy maslahatlar berilib, hal etilishi kerak bo'lgan murojatlarga tegishli muddatlar belgilandi hamda masʼullarga vazifalar berildi.
Sayyor qabul jarayonida fuqarolar yuridik, tibbiy va uy-joy masalalari boʻyicha oʻzlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan javob olishdi.
Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti