Safimizda korrupsiyaga oʻrin yoʻq
2025-01-24 12:10:00 / Yangiliklar

Tadbirda qo‘mondonlik ofitserlari, Termiz harbiy prokuraturasi, huquqni muhofaza qilish organi xodimlari hamda viloyatning shahar va tumanlaridagi mudofaa ishlar boʻlimlarida faoliyat olib borayotgan harbiy xizmatchilar va Qurolli Kuchlar ishchi xizmatchilari ishtirok etdi.
Tadbirda soʻzga chiqqan harbiy prokuratura va huquqni muhofaza qiluvchi organ vakillari ham yigʻilganlardan harbiy xizmatni oʻz yigitlik burchi deya, sadoqat bilan xizmat qilishni maqsad qilgan boʻlajak askarlarni saralash jarayonlarida adolatli yondoshuvni talab qildilar. Hech bir jinoyat esa jazosiz qolmasligi alohida taʻkidlandi. Masʻullar korrupsion holatlar uchun qonunchilikda belgilangan jazo choralari haqida maʻlumot berdi.
Shu bilan birgalikda sohada, 2024-yilda yoʻl qoʻyilgan kamchiliklar tahlil etilib, 2025-yildagi ustuvor vazifalar belgilab olindi.
III darajali serjant Akbar AHMEDOV, Termiz garnizoni.