Ertamiz egalari harbiy qism mehmoni bo‘ldi
2025-01-21 16:50:00 / Yangiliklar
Ana shunday tadbirlardan biri Xayrabod garnizonida joylashgan harbiy qismda Termiz harbiy prokuraturasi bilan hamkorlikda tashkil etildi. Ushbu tadbirga Denov, Oltinsoy, Sariosiyo, Uzun va Sho‘rchi tumanlarida joylashgan umumta’lim maktablarining 9-10-11-sinf o‘quvchi yoshlari jalb etildi. Tadbirning asosiy maqsadi yoshlarni harbiy kasbga bo’lgan qiziqishini oshirish hamda Qurolli Kuchlarning shakllanish va rivojlanish tarixi bilan yaqindan tanishtirishdan iborat bo’ldi.
Tadbir avvalida ishtirokchilar bugungi kunda milliy armiyamiz saflarida xizmat qilayotgan harbiy xizmatchilarga yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishib, yurt himoyachilari bilan ochiq muloqotga kirishdi. Qiziqarli savol-javoblar bilan kechgan samimiy suhbatlar davomida talaba yoshlar Mudofaa vazirligi tizimida olib borilayotgan bugungi islohotlardan bevosita boxabar bo‘lib, bu borada qo‘lga kiritilayotgan yutuqlar hamda oliy harbiy ta’lim muassasalari haqida batafsil ma’lumotlarga ega bo‘lishdi.
Yakunda Faxriy qorovul hamda qoʻl jangi ustalarining koʻrgazmali chiqishlari, qurol-aslahalar ko‘rgazmasi tadbir ishtirokchilarida katta taassurot qoldirgan bo‘lsa, harbiy orkestr jamoasining Vatanni tarannum etuvchi kuy-qoʻshiqlari yoshlarga bir olam quvonch bagʻishladi.
III darajali serjant Akbar AHMEDOV, Termiz garnizoni