Asosiy kontentga o'tish

“Yangi O‘zbekiston” universitetida harbiy vatanparvarlik festivali o‘tkazildi

2025-01-18 10:20:00 / Yangiliklar

Toshkent shahridagi “Yangi O‘zbekiston” universitetida O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 33 yilligi hamda Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan "Xalq va armiya – bir tanu bir jon" shiori ostida keng qamrovli harbiy vatanparvarlik tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Tadbirning asosiy maqsadi – yosh harbiy xizmatchilarning xalqaro harbiy musobaqalarda, sport turlarida erishgan yutuqlari, yosh harbiy olimlar tomonidan yaratilgan innovatsion kashfiyotlarni keng jamoatchilikka tanitish va talaba yoshlar o‘rtasida hamkorlikni o‘rnatish shuningdek, yoshlarga oid davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlarini yoshlarga yetkazishdan iborat bo‘ldi.

Tadbirda Mudofaa vazirligi va Toshkent harbiy okrugi mas’ul ofitserlari, "Vatanparvar" tashkiloti vakillari hamda Qurolli Kuchlar faxriylari ishtirok etdi.

Festival doirasida harbiy orkestr, faxriy qorovul, qo‘l jangi jamoalarining chiqishlari, harbiy texnika va anjomlar ko‘rgazmasi, “Vatanparvar” tashkilotining kamondan otish, ot sporti, karting, motokross, triatlon, aviamodel va raketa modellari sport seksiyalari namoyishi hamda "Yangi asr avlodi" badiiy kitoblar yarmarkasi tashkil etildi.

Toshkent harbiy okrug matbuot xizmati

518

Oxirgi yangilanish: 2025-01-18 10:21:50

“Yangi O‘zbekiston” universitetida harbiy vatanparvarlik festivali o‘tkazildi