Asosiy kontentga o'tish

Bayram uchun munosib tuhfa!

2025-01-17 12:50:00 / Yangiliklar

O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 33 yilligi hamda Vatan himoyachilari kuni “Yangi O‘zbekiston armiyasi – mamlakat tayanchi, xalqimiz faxri” shiori ostida respublikamizning barcha viloyat, shahar va tumanlarida keng nishonlandi.

Xususan, bayram arafasida Sharqiy harbiy okrug Namangan garnizonidagi harbiy qism harbiy xizmatchilari uchun yangi o‘quv binosi hamda taʼmirdan chiqarilgan 300 o‘rinli yotoqxona foydalanishga topshirildi. Mazkur bino ochilishiga bag‘ishlangan tantanali tadbirda mudofaa hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlar rahbarlari, harbiy xizmatchilar, Qurolli Kuchlar faxriylari va yoshlar ishtirok etdi.

Namangan viloyati hokimi hamda Sharqiy harbiy okrug qo‘mondoni yig‘ilganlarni Qurolli Kuchlar tashkil etilganining 33 yilligi hamda Vatan himoyachilari kuni bilan samimiy tabrikladi. Shundan so‘ng tadbir ishtirokchilari harbiy qismda yurt himoyachilari uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishish imkoniyatiga ega bo’ldilar.

Sharqiy harbiy okrug matbuot xizmati

816

Oxirgi yangilanish: 2025-01-17 20:38:52

Bayram uchun munosib tuhfa!