Asosiy kontentga o'tish

Respublika harbiy prokuraturasida muvofiqlashtiruvchi kengashning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

2024-12-21 14:45:00 / Yangiliklar

Videokonferensaloqa tarzida oʻtgan muloqatda harbiy prokuratura organlari xodimlari, mamlakatimiz kuch tuzilmalari tarkibiga kiruvchi vazirlik va idoralarning masʼul ofitserlari ishtirok etdi.

Kun tartibida vazirlik va idoralarda joriy yilning oʻtgan davrida qonun ustuvorligini taʼminlash, qonuniylikni mustahkamlash, huquq-tartibot ahvoli, huquqbuzarliklarning oldini olish borasidagi faoliyati koʻrib chiqildi.

Shuningdek, joriy yil 12-yanvarda Prezidentimiz, Qurolli Kuchlar Oliy Bosh qoʻmondoni tomonidan Xavfsizlik kengashining  kengaytirilgan yigʻilishida belgilab berilgan topshiriqlar va vazifalar ijrosi doirasida amalga oshirilgan chora-tadbirlar natijalariga alohida urgʻu berildi.

Muhokamalar davomida harbiy xizmatchilarning huquq va qonuniy manfaatlarini toʻlaqonli roʻyobga chiqarish yoʻnalishlaridagi chora-tadbirlar sarhisob qilinib  harbiy xizmatchilar va ularning oila aʼzolarini ijtimoiy himoyasini amalda toʻliq taʼminlash, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash borasidagi ishlar va bu borada hamkorlikdagi tadbirlar boʻyicha aniq tavsiyalar bildirildi.

Energetika xavfsizligi, qish mavsumini betalofat oʻtkazish, "Yashil makon" umummilliy harakati masalalari ham yigʻilganlarning diqqat markazida boʻldi.

Yig‘ilish yakunida, koʻrib chiqilgan masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.

Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti

819

Oxirgi yangilanish: 2024-12-21 14:46:40

Respublika harbiy prokuraturasida muvofiqlashtiruvchi kengashning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi