Qashqadaryoda “Jasorat maktabi” harbiy-vatanparvarlik yig‘inlariga start berildi
2024-12-04 13:00:00 / Yangiliklar

Viloyatning shahar va tumanlarida istiqomat qiluvchi muqim ish joyiga ega bo‘lmagan va profilaktik hisobda turuvchi yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash hamda ularni kasb hunarga o‘qitishni ko‘zda tutuvchi yig‘inda yoshlar dastlab Qarshi shahridagi Yoshlar markazida jam bo‘ldi.
Ularga yig‘inning mohiyati va o‘tkazishga mas’ul etib belgilngan rahbariyat haqida ma’lumotlar yetkazilgach, avtobuslarda harbiy qismlar tomon yo‘l olindi.
Har ikkala harbiy qismda yuqori kayfiyatda kutib olingan yoshlar malakali harbiy shifokorlar tomonidan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, ularga harbiy kiyimlar berildi.
Yig‘in dasturiga asosan yoshlar ishtirokida tonggi badantarbiya, seminarlar, harbiy va saf tayyorgarligi, sport musobaqalari va bir qator o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkaziladi.
Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrug matbuot xizmati