Yoshlarni kasbga tayyorlash masalalari muhokama etildi
2024-11-29 17:05:00 / Yangiliklar
Unda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligi, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, IIV Jamoat xavfsizligi departamenti Yoʻl harakati xavfsizligi xizmati, Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi, Oʻzbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi hamda Yoshlar ishlari agentligining masʼul xodimlari ishtirok etdi.
Konferensiya ishtirokchilari oʻzlari faoliyat yuritayotgan vazirlik va idoralarda fuqarolar, ayniqsa yoshlarni kasbga tayyorlash boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar toʻgʻrisida maʼlumotlar berib, ushbu yoʻnalishda “Vatanparvar” tashkiloti bilan olib borilayotgan hamkorlik ishlariga toʻxtalib oʻtdilar va bu boradagi ishlarni kuchaytirish boʻyicha takliflarini ilgari surdilar.
Migratsiya agentligi va anjumanda onlayn video-aloqa usulida ishtirok etgan Germaniya Federativ Respublikasining “SBH WEST” tashkiloti masʼul xodimlari respublikamiz fuqarolarini “Vatanparvar” tashkiloti oʻquv muassasalarida “CE” toifalariga oʻqitilib, vaqtincha ishlash uchun Germaniyaga yuborilishi boʻyicha joriy yilda yoʻlga qoʻyilgan tizim samaradorligi toʻgʻrisida fikr yuritdilar.
Yakunda tashkilot hamda vazirlik va idoralar oʻrtasida fuqarolarni ommaviy texnik kasblarga oʻqitishga doir hamkorlikni yangi bosqichga koʻtarish, shuningdek, ushbu yoʻnalishdagi ishlar samaradorligini oshirish boʻyicha chora-tadbirlar belgilab olindi.
Mudofaa vazirligi Axborot va Ommaviy kommunikatsiyalar departamenti