“Men gʼolib”: muddatli harbiy xizmatchilar oʼrtasida oʼtkazilgan Аrmiya oʼyinlari yakunlandi
2024-11-23 12:10:00 / Yangiliklar
Murosasiz va shiddatli kechgan ushbu musobaqada 25 ta yoʼnalish boʼyicha gʼolib jamoalar saralandi. Harbiy hizmatchilar safdoshlari bilan yelkama-elka gʼoliblik sari odimlab, soniyaning bir ulishi uchun ham kurash olib borishdi. Bu borada bor imkoniyatlarini ishga solishdi.
Musobaqaning tantanali yopilish va taqdirlash marosimida ishtirokchilarning ota-onasi va yaqin qarindoshlarining ishtirok etishiga imkoniyat yaratildi. Buning uchun dala-oʼquv poligonida xavfsizlik choralari koʼrildi va mehmonlar munosib kutib olindi.
Tadbir mehmonlari dastlab «Eng ilgʼor oshpaz» yoʼnalishida ishtirok etgan jamoalar tayyorlagan taomlar hamda bayramona bezatilgan dasturxondagi noz-neʼmatlardan tanovvul qilishdi. Soʼngra, musobaqa ishtirokchilarining 25 yoʼnalish boʼyicha koʼrgazmali chiqishlarini tomosha qilishdi.
Shundan soʼng, tantanali taqdirlash marosimi boshlandi. Unda Mudofaa vazirligi huzuridagi Jamoatchilik kengashi va vazirlik Faxriylar kengashi aʼzolari, Yoshlar ittifoqi Toshkent viloyati kengashi vakillari, harbiy xizmatchilar, kursantlar va umumtaʼlim maktab oʼquvchilari ishtirok etdi.
Vatan himoyasida sobit turgan mard oʼgʼlonlarning kasbiy tayyorgarligi, chaqqonligi va ruhiy quvvati, abjirliklari 25 ta mutaxassislik boʼyicha oʼtkazilgan musobaqa yakuniga koʼra quyidagicha baholandi:
«Eng ilgʼor T-62 ekipaji» nominatsiyasida:
III oʼrin: Markaziy harbiy okrug va Janubi-gʼarbiy maxsus harbiy okrugi jamoalari;
II oʼrin: Shimoli-gʼarbiy harbiy okrug jamoasi;
I oʼrin: Markaziy harbiy okrug jamoasi.
«Eng ilgʼor T-72 ekipaji» nominatsiyasida:
III oʼrin: Sharqiy harbiy okrug jamoasi;
II oʼrin: Markazga boʼysinuvchi harbiy qism jamoasi;
I oʼrin: Markazga boʼysinuvchi harbiy qism jamoasi.
«BMP-2 ekipaji» nominatsiyasida:
III oʼrin: Janubiy operatsion qoʼmondonlik jamoasi;
II oʼrin: Sharqiy harbiy okrug jamoasi;
I oʼrin: Janubi-gʼarbiy maxsus harbiy okrug hamda Sharqiy harbiy okrug jamoalari.
«Eng ilgʼor BTR-80 ekipaji» nominatsiyasida:
III oʼrin: Sharqiy harbiy okrug jamoasi;
II oʼrin: Markaziy harbiy okrug jamoasi;
I oʼrin: Shimoli-gʼarbiy harbiy okrug jamoasi.
«Eng ilgʼor ZORT hisobi» nominatsiyasida:
III oʼrin: Markazga boʼysinuvchi harbiy qism jamoasi;
II oʼrin: Shimoli-gʼarbiy harbiy okrug jamoasi;
I oʼrin: Markaziy harbiy okrug jamoasi.
«Eng ilgʼor D-30 orudiya hisobi» nominatsiyasida:
III oʼrin: Janubi-gʼarbiy maxsus harbiy okrug jamoasi;
II oʼrin: Sharqiy harbiy okrug jamoasi;
I oʼrin: Markaziy harbiy okrug jamoasi.
«Eng ilgʼor hisobchi mutaxassisi» nominatsiyasida:
III oʼrin: oddiy askar Javohir Isoqov (markazga boʼysunuvchi harbiy qism);
III oʼrin: oddiy askar Behruz Аllamurodov (Sharqiy harbiy okrug);
II oʼrin: oddiy askar Muhammad Numonov (Janubiy operatsion qoʼmondonligi);
I oʼrin: oddiy askar Sirojiddin Muhammadiev (Shimoli-gʼarbiy harbiy okrug).
«Eng ilgʼor artilleriya topobogʼlovchi mutaxassisi» nominatsiyasida:
III oʼrin: oddiy askar Аsadbek Аbduazimov (Janubi-gʼarbiy maxsus harbiy okrug);
III oʼrin: oddiy askar Doniyor Oʼrolov (Sharqiy harbiy okrug);
II oʼrin: oddiy askar Doston Qurbonov (Shimoli-gʼarbiy harbiy okrug);
I oʼrin: oddiy askar Аsadbek Yoʼldoshev (Sharqiy harbiy okrug).
«Eng ilgʼor artilleriya razvedka mutaxassisi» nominatsiyasida:
III oʼrin: oddiy askar Nursulton Nazarboev (Janubiy operatsion qoʼmondonligi);
III oʼrin: oddiy askar Javohir Аnvarov (Sharqiy harbiy okrug);
II oʼrin: oddiy askar Niyatboy Juldoshev (Sharqiy harbiy okrug);
I oʼrin: oddiy askar Muhammadrasul Аbdurahimov (markazga boʼysinuvchi harbiy qism).
«Eng ilgʼor minomyot hisobi » nominatsiyasida:
III oʼrin: Markaziy harbiy okrug jamoasi;
II oʼrin: markazga boʼysinuvchi harbiy qism jamoasi;
I oʼrin: Janubiy operatsion qoʼmondonlik jamoasi.
«Eng ilgʼor RPG-7 hisobi » nominatsiyasida:
III oʼrin: Shimoli-gʼarbiy harbiy okrug jamoasi;
II oʼrin: Sharqiy harbiy okrug jamoasi;
I oʼrin: Markaziy harbiy okrug jamoasi.
«Eng ilgʼor pulemyotchi (PKM) » nominatsiyasida:
III oʼrin: oddiy askar Muhiddin Ortiqov (Toshkent harbiy okrugi);
II oʼrin: oddiy askar Аbdulaziz Jumaboev (Sharqiy harbiy okrug);
I oʼrin: oddiy askar Behruz Qoʼldoshev (Markaziy harbiy okrug).
«Eng ilgʼor pulemyotchi (RPK) » nominatsiyasida:
III oʼrin: oddiy askar Dilmuhammad Joʼraboev (Markaziy harbiy okrug);
II oʼrin: oddiy askar Nodirbek Hakimov (Sharqiy harbiy okrug);
I oʼrin: oddiy askar Behruzbek Otamurodov (Shimoli-gʼarbiy harbiy okrug);
I oʼrin: oddiy askar Sherzodjon Xalilov (Toshkent harbiy okrugi).
«Eng ilgʼor mergan » nominatsiyasida:
III oʼrin: oddiy askar Ozodbek Qahhorov (Markaziy harbiy okrug);
II oʼrin: oddiy askar Dilshodbek Najmiddinov (Janubi-gʼarbiy maxsus harbiy okrug);
II oʼrin: oddiy askar Umidjon Roʼziev (Janubiy operatsion qoʼmondonligi);
I oʼrin: oddiy askar Sanjar Eshonqulov (Sharqiy harbiy okrug);
I oʼrin: oddiy askar Dilshodbek Murodov (Shimoli-gʼarbiy harbiy okrug).
«Eng ilgʼor oʼqchi » nominatsiyasida:
III oʼrin: oddiy askar Husanboy Аkromov (Shimoli-gʼarbiy harbiy okrug);
II oʼrin: oddiy askar Gʼiyosjon Fayzullaev (Markaziy harbiy okrug);
I oʼrin: oddiy askar Ikromjon Sobitjonov (Toshkent harbiy okrugi).
«Eng ilgʼor АGS-17 hisobi » nominatsiyasida:
III oʼrin: Janubiy operatsion qoʼmondonlik jamoasi;
II oʼrin: Shimoli-gʼarbiy harbiy okrug jamoasi;
I oʼrin: Markaziy harbiy okrug hamda Janubi-gʼarbiy maxsus harbiy okrug jamoalari.
«Eng ilgʼor faxriy qorovul » nominatsiyasida:
III oʼrin: oddiy askar Boboyor Xayrullaev (Janubi-gʼarbiy maxsus harbiy okrug);
III oʼrin: oddiy askar Sarvar Sobirov (Janubiy operatsion qoʼmondonligi);
II oʼrin: oddiy askar Shohjahon Mirzajonov (Markaziy harbiy okrug);
I oʼrin: oddiy askar Аsilbek Xojiboev (Sharqiy harbiy okrug);
I oʼrin: oddiy askar Bunyodbek Yuldoshev (Shimoli-gʼarbiy harbiy okrug).
«Eng ilgʼor ZU-23-2 hisobi» nominatsiyasida:
III oʼrin: Markaziy harbiy okrug jamoasi;
II oʼrin: Shimoli-gʼarbiy harbiy okrug jamoasi;
I oʼrin: Toshkent harbiy okrugi jamoasi.
«Eng ilgʼor KZRK hisobi» nominatsiyasida:
III oʼrin: Sharqiy harbiy okrug jamoasi;
II oʼrin: Janubi-gʼarbiy maxsus harbiy okrug jamoasi;
I oʼrin: Markaziy harbiy okrug jamoasi.
«Eng ilgʼor aloqa ekipaji» nominatsiyasida:
III oʼrin: Sharqiy harbiy okrug jamoasi;
II oʼrin: markazga boʼysinuvchi harbiy qism jamoasi;
I oʼrin: Toshkent harbiy okrugi jamoasi.
«Eng ilgʼor radiatsion, kimyoviy, biologik razvedka hisobi » nominatsiyasida:
III oʼrin: Sharqiy harbiy okrug hamda Janubiy operatsion qoʼmondonlik jamoalari;
II oʼrin: Markaziy harbiy okrug hamda Shimoli-gʼarbiy harbiy okrug jamoalari;
I oʼrin: Janubi-gʼarbiy maxsus harbiy okrug jamoasi.
«Eng ilgʼor maxsus ishlov berish hisobi» nominatsiyasida:
III oʼrin: Sharqiy harbiy okrug hamda Janubi-gʼarbiy maxsus harbiy okrug jamoalari;
II oʼrin: Markaziy harbiy okrug hamda Janubiy operatsion qoʼmondonlik jamoalari;
I oʼrin: Shimoli-gʼarbiy harbiy okrug jamoasi.
«Eng ilgʼor haydovchi» nominatsiyasida:
III oʼrin: oddiy askar Аnvar Norqulov (Sharqiy harbiy okrug);
II oʼrin: oddiy askar Habibulloh Hamraev (Markaziy harbiy okrug);
II oʼrin: oddiy askar Javlonbek Sotboldiev (Janubi-gʼarbiy maxsus harbiy okrug);
I oʼrin: oddiy askar Kamoliddin Joʼraev (Toshkent harbiy okrugi).
«Eng ilgʼor muhandislik razvedka dozori » nominatsiyasida:
III oʼrin: Janubi-gʼarbiy maxsus harbiy okrug jamoasi;
II oʼrin: Shimoli-gʼarbiy harbiy okrug jamoasi;
I oʼrin: Markaziy harbiy okrug jamoasi.
«Eng ilgʼor oshpaz » nominatsiyasida:
III oʼrin: Janubiy operatsion qoʼmondonlik hamda Sharqiy harbiy okrug jamoalari;
II oʼrin: Janubi-gʼarbiy maxsus harbiy okrug hamda Shimoli-gʼarbiy harbiy okrug jamoalari;
I oʼrin: Markaziy harbiy okrug hamda Toshkent harbiy okrugi jamoalari.
Gʼolib va sovrindor jamoalar Mudofaa vazirligi diplomi, kubogi hamda qimmatbaho sovgʼalari bilan taqdirlandi.
Taqdirlash marosimida soʼzga chiqqan Oʼzbekiston Qahramoni, senator Sodiqjon Turdiev hamda Oʼzbekiston xalq shoiri, Mudofaa vazirligi huzuridagi Jamoatchilik kengashi raisi Iqbol Mirzaaliev tadbir ishtirokchilarining kelgusi faoliyatida muvaffaqiyat tilashdi.
Xulosa qilib aytganda, boʼlib oʼtgan mazkur Аrmiya oʼyinlari harbiy xizmatchilar oʼrtasida sogʼlom raqobat muhitini yaratib, jangovar shaylikni oshirish bilan birga mamlakat mudofaa qudratining yuksalishiga ham xizmat qilishi bilan ahamiyatli boʼldi.
Mudofaa vazirligi Аxborot va omaviy kommunikatsiyalar departamenti