Qo‘mondonlikda Davlat bayrog‘i qabul qilinganligining 33 yilligi keng nishonlandi
2024-11-19 11:25:00 / Yangiliklar
O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i va uning ramzi bugun yurtimiz suveren mustaqil davlatligi hamda qadim tarixga ega ekanligini, milliy-madaniy an'analarini o‘zida mujassam etadi.
Shu munosabat bilan Mudofaa vazirligiga qarashli Toshkent shahrida joylashgan harbiy qism madaniyat markazida O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilinganining 33 yilligi munosabati bilan bayram tadbir bo’lib o‘tdi.
Tadbirda bayroq – bu millatning yuragi, xalqning or-nomusi va tarixning jonli guvohi ekanligi haqida so‘z yuritilib, qo‘mondonlik badiiy havaskor jamoasi tomonidan “Bayrog‘im faxrim” nomli sahna ko‘rinishi va harbiy orkestr jamoasining Vatanni taranum etuvchi kuy-qo‘shiqlari ijro etildi.
Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiylar departamenti