Teatr — hayot ko‘zgusi
2024-11-05 15:00:00 / Yangiliklar
Teatr hayot ko‘zgusi, muqaddas dargoh sanaladi. Uning tarbiyaga yo‘g‘rilgan saboqlari esa kishilarni odamiylikka chorlab turaveradi.
Markaziy harbiy okrug tasarrufidagi harbiy qismlarda harbiy xizmatchilar va ularning oila aʼzolari maʼnaviyatini yanada yuksaltirish, dam olish kunlarini maroqli o‘tkazishlarini taʼminlash maqsadida asarlar asosida yaratilgan spektakl namoyishlari o‘tkazib kelinmoqda.
Jumladan, Samarqand garnizonidagi Ma’naviyat va ma’rifat markazida O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi bilan hamkorlikda “Diydor” yoshlar eksperimental teatr-studiyasi ijodkorlari tomonidan “Maysara” asari asosida spektakl namoyishi tashkil etildi.
Harbiy xizmatchilar va oila a’zolarini bo’sh vaqtlarini samarali oʻtkazish uchun tashkil etilgan spektakl tomoshabinlarga birdek manzur bo’ldi. Ushbu sahnalashtirilgan asar orqali yozuvchi o‘z hissiyotlarini, ijtimoiy muammolarni va hayotiy tajribalarini yaqqol namoyon etgan.
Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati