Markaziy harbiy okrugda korrupsiya va uning salbiy oqibatlariga bag‘ishlangan uchrashuv o‘tkazildi
2024-10-29 18:05:00 / Yangiliklar
Tadbirda Mudofaa vazirligi Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘limi vakillari, okrug qo‘mondonligi ma’sul ofitserlari va harbiy xizmatchilar ishtirok etdi.
Mudofaa vazirligi Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘limi vakillari tomonidan qonuniylik holati, qonunbuzilishlar hamda bunga imkoniyat yaratgan shart-sharoitlarning tahlili natijalari yuzasidan ma'ruza qilindi. Tadbir qatnashchilariga mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashish borasida amalga oshirilayotgan ishlar xususida ma'lumot taqdim qilinib, qonunchilik talablari haqida tushuntirishlar berildi.
Xususan, uchrashuvda so‘z olganlar bugungi kunda ayrim soha yo‘nalishlarida korrupsiya holatlari saqlanib qolayotganini ta’kidlar ekan, harbiy qism hamda muassasalarda mazkur illatning oldini olish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar tizimli ravishda muhokama qilib borilishi lozimligini bildirldi. Shuningdek, korrupsiyaga qarshi kurashish faoliyatini yanada kuchaytirish masalasiga alohida eʼtibor qaratilib, yangi tashabbus va g‘oyalarni faol amalga oshirish yuzasidan bir qator takliflar ilgari surildi.
Uchrashuv yakunida sodir etilgan jinoyatlani yuzaga keltiradigan sabablar o‘rganilib, bu borada tayyorlangan oxirgi 6 oylik tahliliy hiobot muhokama qilindi.
Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati