“Nukus” poligonida “Eng ilgʻor topografik guruh” koʻrik-tanlovi nihoyasiga yetdi
2024-10-12 16:40:00 / Yangiliklar
Taʼkidlash joizki, “Men g‘olib” shiori ostida vazirlik miqyosida “Eng ilgʻor topografik guruh tanlovi “Nukus”da birinchi marotaba boʻlib oʻtdi. Mutaxassis xarbiy xizmatchilarning kasbiy malakasini oshirish, yetakchilik qobiliyatini yuksaltirish hamda ilgʻorlarni munosib ragʻbatlantirish maqsadida tashkil etilgan musobaqani Shimoli-gʻarbiy harbiy okrug qoʻshinlari qoʻmondoni ochib berdi.
Koʻrik-tanlov quidagi naminatsiyalar boʻyicha oʻtkaziladi:
jamoa tarkibida — “Eng ilgʻor tapografik guruh”;
mutaxassisliklar boʻyicha — “Eng ilgʻor oʻqchi”, “Eng ilgʻor yoʻl boshlovchi”, “Eng ilgʻor xaritachi”, “Eng ilgʻor pazlchi”, “Eng ilgʻor topogeodezist” nominatsiyalari boʻyicha 40 dan ziyod nafar harbiy xizmatchi 6 ta jamoa sharafini himoya qilish uchun bellashdi.
Tanlov ochiqligi va shaffofligini taʼminlash hamda ishtirokchilarning xatti-harakatini adolatli baholash maqsadida musobaqani Mudofaa vazirligi markaziy apparati vakillaridan iborat boʻlgan hayʼat aʼzolari baholab bordi.
Yakuniy natijalarga ko‘ra, “Eng ilgʻor topografik guruh” musobaqasida o‘rinlar quyidagicha taqsimlandi:
- 1-oʻrin — Toshkent harbiy okrugi;
- 2-oʻrin — Shimoli-g‘arbiy harbiy okrug;
- 3-oʻrin — Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrug.
Shimoli-gʻarbiy harbiy okrug matbuot xizmati