Namangan viloyatining olis hududida vatanparvarlik tadbirlari o‘tkazildi
2024-08-09 10:15:00 / Yangiliklar
O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 33 yilligi munosabati bilan “Bir bo‘lsak – yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz!” bosh g‘oyasi ostida Namangan viloyati Pop tumani markazidan 30-40 kilometr uzoqlikdagi Imom ota, Madaniyat, Chorkesar va Bunyodkor mahallalarida vatanparvarlik tadbiri tashkil etildi.
Aholi tomonidan umumiy nomda “Parda Tursun” qishlog‘i deb ataladigan yurtimizni go‘zal go‘shalaridan birida bo‘lib o‘tgan tadbirda Sharqiy harbiy okrug markaziy gospitali harbiy shifokorlari tomonidan qishloq ahli tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi. Kardiolog, nevropotolog, travmatolog, endokrinolog va boshqa mutaxassislar tomonidan tekshiruvlar amalga oshirilib, tegishli tavsiyalar berildi.
Shuningdek, faxriy qorovul vzvodi va orkestr jamoalarining chiqishlari tadbir ishtirokchilariga olam-olam quvonch ulashdi.
Sharqiy harbiy okrug matbuot xizmati