Muboraklik bir guruh xotin-qizlar Shahrisabz shahriga sayohatga borishdi
2025-04-24 16:30:00 / Yangiliklar
Xabaringiz bor, muhtaram Prezidentimiz raisligida hududlarning turizm salohiyatini yanada oshirish hamda xorijiy hamkorlar bilan amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalarini jadallashtirish yuzasidan videoselektor yigʻilishi o‘tkazilgan edi (https://t.me/Press_Secretary_Uz/5540).

Xususan, ushbu yig‘ilishda har oyning bitta shanba va yakshanbasi - "oila va mehnat jamoasi bilan sayohatga chiqish" kuni deb eʼlon qilingan edi. (https://t.me/Press_Secretary_Uz/5548)
Shu bois, Muborak tumani Oila va xotin-qizlar bo‘limi tadbirkor Go‘zal Sariyeva bilan o‘zaro hamkorlikda mahalladagi xotin-qizlar faollari, hunarmad hamda hunarmandchilikni boshlash arafasida turgan xotin-qizlar uchun ichki turizm doirasida Shahrisabz shahriga sayohat tashkil etildi.
Sayohat doirasida Shahrisabz shahrining diqqatga sazovor joylariga hamda u yerdagi Hunarmandlar uyushmasiga borildi. Tajribali hunarmandlar bilan fikr-mulohaza almashildi.
