Muborak tumanida Qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqi o‘tkazildi
2025-04-27 11:25:00 / Yangiliklar
Qashqadaryo viloyatining Muborak tumanida Qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqi yuqori sur`atda o‘tkazildi

Muborak tumanida "Boshqaruv organlari favqulodda vaziyatlar davlat tuzilmalari hududiy va funksional quyi tizimlarining favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish bo‘yicha harakatlari" mavzusida Qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqi o‘tkazildi.
Unda hamkor xizmatlar tomonidan shartli ravishda sodir bo‘lgan favqulodda vaziyatlar oqibatlarini bartaraf etish, jabrlanganlarga tibbiy yordam ko‘rsatish, aholini xavfsiz evakuatsiya qilish bo‘yicha amaliy harakatlar bajarildi.
