To'garak rahbarlaridan navbatdagi g‘alaba!
2025-04-29 18:00:00 / Yangiliklar
Joriy yilning 28-30-aprel kuni Toshkent shahrida "O'zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi kubogi" doirasida shaxmat musobaqasining respublika bosqichi bo'lib o'tdi.

Ushbu musobaqada Muborak tuman Barkamol avlod bolalar maktabining shaxmat to'garagi rahbari Qo'ziyeva Ra'no faol ishtirok etib, musobaqa yakunida g‘olib va sovrindorlar orasidan joy oldi.
Maʼlumot o‘rnida, Qo‘ziyeva Raʼno 27-30 yosh toifasida "Besh tashabbus olimpiadasi"ning shashka musobaqasining viloyat bosqichida 1-oʻrinni qo‘lga kiritib, respublika bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritgan edi.
