Muborakda "Shijoat va g‘ayrat" harbiy-sport musobaqasining tuman bosqichi g‘oliblari maʼlum bo‘ldi
2025-04-30 11:10:00 / Yangiliklar
Xabar berganimizdek, Muborak tumanida "Shijoat va g‘ayrat" harbiy-sport musobaqasining tuman bosqichi ko‘tarinki kayfiyatda bo‘lib o‘tdi (https://t.me/muborakinfo/40601?single).

Ushbu musobaqalarda 18-22 yosh toifasidagi yoshlardan iborat jamoalar 6 ta shart bo‘yicha o‘zaro bellashib, g‘oliblik uchun kurash olib borishdi. 
Musobaqa murosasiz bahslarga boy o‘tdi. Ushbu tadbirda yoshlarimiz haqiqiy vatanparvarlik va kuchli irodasini namoyon etishdi. Yakunda;
1-o‘rin — Qoraqum mahallasi jamoasi,
2-o‘rin — O‘zbekiston mahallasi jamoasi,
3-o‘rin — Ko‘hnashahar mahallasi jamoasi qo‘lga kiritdi. 
Musobaqa davomida alohida faollik va mahorat ko‘rsatgan yoshlar turli nominatsiyalar bo‘yicha taqdirlandi.
G‘olib bo‘lgan Qoraqum mahallasi yoshlari jamoasi esa viloyat bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.
