Muborak tumanida qishloq xo‘jaligi sohasida yer unumdorligini oshirish va joriy yilgi hosildorlikni ta’minlash maqsadida seminar bo‘lib o‘tdi
2026-02-04 10:15:00 / Yangiliklar

Unda tuproq namligini saqlash, suv tejamkor uskunalardan foydalanish, kanallarni betonlashtirish ishlariga alohida e’tibor qaratildi.
Xususan, dalalarda o‘g‘itlash ishlari, fosfor, azot va organik o‘g‘itlari bilan oziqlantirishning optimal usullari, vegetatsiya davrida agrotexnik tadbirlarni o‘z vaqtida bajarish bo‘yicha tavsiyalar berildi.
Shuningdek, bog‘lar orasida daraxtlarni ekinlar ekish, bo‘sh turgan maydonlardan samarali foydalanish, sabzavot va poliz mahsulotini ekishning afzalliklari haqida tushunchalar berildi.
Mazkur seminarda viloyat prokurorining o'rinbosari O‘ktam Yusupov, viloyat qishloq xo‘jaligi boshqarmasi boshlig‘i Oblayor Boymirov, tuman hokimi G‘olib Murodov va qishloq xoʻjaligi vakillari ishtirok etdi.









