KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH TO'G'RISIDA
2025-12-25 10:35:00 / Yangiliklar
Korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish borasida tayyorlangan targ‘ibot materiallar

“9 dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni”
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarning eng muhim tamoyillaridan biri — jamiyat va davlat hayotining barcha jabhalarida qonun ustuvorligini ta’minlashdir. Bu borada asosiy maqsad — korrupsiyaga qarshi kurashish, korrupsiyaviy holatlarning oldini olish mexanizmlarini takomillashtirish, jarayonga keng jamoatchilikni jalb etish va jamiyatda korrupsiyaga nisbatan mutlaqo murosasiz muhitni shakllantirishdir.
Xususan, Muborak tumanida korrupsiyaga qarshi “Ochiq eshiklar kuni” o‘tkazildi
“Konstitutsiyani o‘rganamiz” madaniy-ma’rifiy va huquqiy targ‘ibot tadbirlari, “9 dekabr — Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni” munosabati bilan o‘tkazilayotgan Aksilkorrupsiya oyligi hamda “Zo‘ravonlikka qarshi 16 kunlik faol harakat” xalqaro kampaniyasi davom etmoqda (ko'rish)
“Konstitutsiya – adolat tantanasi” targ‘ibot tadbirlari, “9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni”ga bag‘ishlangan Aksilkorrupsiya oyligi hamda “Zo‘ravonlikka qarshi 16 kunlik faol harakat” xalqaro kampaniyasi davom etmoqda
