🟢Ko‘cha biylari bilan mashvarat qilish - el manfaati uchun xizmat qiladi
2026-04-22 14:55:00 / Yangiliklar
Tarixdan ma’lumki, biylar - adolat va intizomning, donishmandlik va so‘z qudratining tayanchi bo‘lgan shaxslardir.

#Uchsoy_OFY
Tarixdan ma’lumki, biylar - adolat va intizomning, donishmandlik va so‘z qudratining tayanchi bo‘lgan shaxslardir. Ular elning qonuni, aqli, vijdoni sifatida jamiyatni hamjihatlikka, adolatga, iymon-e’tiqodga chorlab, yoshlarga ibrat ko‘rsatgan.
Bu ezgu an’ana bugun ham davom ettirilmoqda. Mo‘ynoq tumani hokimi B.Menglibekov ko‘cha oqsoqollari bilan muntazam ravishda uchrashib, maslahatlashadi. Uchrashuvlarda aholining dolzarb masalalari tinglanib, takliflar o‘rtaga tashlanib, xalq farovonligi uchun umumiy qarorlar qabul qilinadi.
Bu - biylar donoligi va bugungi boshqaruv tajribasining uyg‘un davomi. Xalqqa yaqin bo‘lish, so‘zga quloq solish, aqlga tayanish - umumiy maqsadga olib boradigan ishonchli yo‘l.



