📌 Bugun Mo‘ynoqda fuqarolar qabuli o‘tkazildi
2026-04-21 18:50:00 / Yangiliklar
👥️ Mo‘ynoq tumanida fuqarolar murojaatlarini joyida tinglash va hal etish maqsadida Prezidentning Mo‘ynoq tumanidagi Xalq qabulxonasi binosida fuqarolar qabuli o‘tkazildi.

👥️ Mo‘ynoq tumanida fuqarolar murojaatlarini joyida tinglash va hal etish maqsadida Prezidentning Mo‘ynoq tumanidagi Xalq qabulxonasi binosida fuqarolar qabuli o‘tkazildi.
Ushbu qabulda Mo‘ynoq tumani hokimi B.Menglibekov va tuman prokurori M.O‘razbaev, korxona, muassasa rahbarlari ishtirok etib, fuqarolar bilan bevosita suhbatlashdi.
📌 Qabul davomida aholini qiynayotgan muhim masalalar tinglanib, joyida hal etish choralariga alohida e’tibor qaratildi.
➡️ Bunday ochiq va samimiy muloqotlar fuqarolar ishonchini mustahkamlash, ularning dardiga quloq tutish yo‘lida muhim qadam bo‘lib xizmat qilmoqda.









