🟢Hokimlik soati – nazorat va natija vaqti
2026-04-20 18:55:00 / Yangiliklar
Mo‘ynoq tumani hokimligida navbatdagi “Hokimlik soati” bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv davomida bir qator dolzarb masalalar ochiq va konstruktiv muhokama qilindi.

Mo‘ynoq tumani hokimligida navbatdagi “Hokimlik soati” bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv davomida bir qator dolzarb masalalar ochiq va konstruktiv muhokama qilindi.
Kun tartibida yoshlar bandligi va ularni kasb-hunarga o‘qitish, yashil energiya manbalaridan foydalanish jarayonini faollashtirish, soliq tushumlari jumladan qonuniylik va shaffoflik asosida byudjet barqarorligini ta’minlash choralari ko‘rib chiqildi.
Rahbarlarga aniq topshiriqlar belgilandi. Har bir masala – aniq mas’ul, har bir topshiriq – aniq muddat bilan belgilangan vazifalar ijrosi nazoratga olingan.









