📰 Mo‘ynoqda press-konferensiya tashkil etildi
2026-02-09 14:55:00 / Yangiliklar
Bugun, 9-fevral kuni Mo‘ynoq tumani hokimligi Axborot xizmati tomonidan Xalq bilan muloqot mexanizmlarini takomillashtirish mavzusida matbuot anjumani tashkil etildi.

Bugun, 9-fevral kuni Mo‘ynoq tumani hokimligi Axborot xizmati tomonidan Xalq bilan muloqot mexanizmlarini takomillashtirish mavzusida matbuot anjumani tashkil etildi.
🎤 Matbuot anjumanida:
• Prezidentning Mo‘ynoq tumanidagi Xalq qabulxonasi yetakchi mutaxassisi M. Seytnazarov,
• Davlat xizmatlar markazi direktori A. Esbergenov
tomonidan sohada amalga oshirilayotgan ishlar, murojaatlar bilan ishlash tizimi, aholiga xizmat ko‘rsatishdagi yangiliklar bo‘yicha va erishilayotgan natijalar yuzasidan atroflicha ma’lumotlar berildi.
👥 Tadbirda:
• 2 mingdan 40 ming nafargacha obunachiga ega bo‘lgan blogerlar;
• OAV vakillari ishtirok etdi.
❓ Matbuot anjumani davomida media vakillari tomonidan aholining kundalik hayotida uchrayotgan muammolar, murojaatlar ijrosi, shuningdek:
• kuz-qish mavsumini betalofat o‘tkazish,
• ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni samarali tashkil etish
bo‘yicha savollar va takliflar bildirildi.
💬 Mas’ullar tomonidan berilgan savollarga ochiq va aniq javoblar berildi, takliflar muhokama qilindi.
🧭 Tadbirni Mo‘ynoq tumani hokimining Axborot siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisi D.Ablaeva olib bordi.
✨ Ushbu matbuot anjumani xalq, davlat idoralari va media o‘rtasidagi ochiq muloqotni yanada mustahkamlash yo‘lidagi muhim qadam bo‘ldi.





