Aqliy faoliyatni yaxshilashni xohlaganlarga 10 ta tavsiya
2026-03-23 19:55:00 / Yangiliklar

1. Har kuni kitob va gazeta-jurnal o‘qing. Shuningdek, 20-30 daqiqa davomida bir sport turi bilan shug‘ullaning. Aslo erinchoqlik qilmang. Bu toqatsizlikdan darak.
2. Televizorni qisqa vaqt ko‘ring. U sizga umuman kerak bo‘lmagan ma’lumotlar bilan fikringizni chalg‘itadi.
3. Bir sutkada 6-8 soat davomida uxlang, uyqungiz me’yorda bo‘lsin. Tunda uxlashning iloji bo‘lmasa, bu ishni kunduz amalga oshiring. To‘liq uyqu salomatlik va sog‘lom fikr garovi hisoblanadi.
4. Qon aylanishining yaxshilanishi va miya faollashishi uchun ratsioningizda sabzi, kishmish va yong‘oq mahsulotlari bo‘lishi shart.
5. Qabul qilingan ma’lumotlarni xotirada saqlab qolishni istasangiz, V vitamini ko‘p bo‘lgan mahsulotlarni iste’mol qiling.
6. Harakatchanlikni oshirish, miya va organizmning normal holatda ishlashi uchun temir elementi zarur. U esa mana bu mahsulotlarda ko‘p miqdorda bo‘ladi: yashil olma, anor, qora non.
7. Miya normal faoliyat ko‘rsatishi uchun tomirlarda nuqson bo‘lmasligi lozim. Bunga erishish uchun esa limon, apelsin va mandarinni ko‘proq iste’mol qilish kerak.
8. Fikrlash jarayonini yaxshilash va tezlashtirish uchun kalsiy va kaliy zarur. U sut va sut mahsulotlari, quritilgan o‘rik va pomidorda ko‘p bo‘ladi.
9. Kundan-kunga yangi g‘oyalar tug‘ilishi, xotira yaxshilanishi va sog‘lom bo‘lishni istasangiz, anjir yeng! Chunki uning tarkibida miyani kislorod bilan ta’minlaydigan element bor.
10. Ta’m beruvchilar (ziravorlar, qo‘shimchalar) miya faoliyatini yaxshilashda juda qo‘l keladi. Masalan, zig‘ir va zanjabil diqqatni oshiradi, achchiq qalampir (qalampir, murch) miyada qon aylanishini yaxshilaydi.
Aynash Maxambetaliyeva, Mo‘ynoq tuman Tibbiyot birlashmasi Xirurgiya bo‘limi hamshirasi
