Foydali odatlar
2026-03-24 17:05:00 / Yangiliklar

Olimlar u yoki bu odatlarimiz umrimizni qanchalik qisqartirishi va uzaytirishi mumkinligini aniq hisoblab chiqish uchun tadqiqotlar olib borib, natijada kutilmagan xulosaga kelishdi...
SARASTLIK - sog‘lom odamlarning odati.
Doimiy ravishda ishga kechikish karyera, o‘zaro munosabatlar, ba’zan esa, farzandlarimizga ham salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Misol uchun, farzandingizni maktabga yoki bog‘chaga olib borishga kechikdingiz. Natijani tahlil qilib ko‘ring.
Albatta, bunday yomon odatlar umr davomiyligiga ham o‘z ta’sirini o‘tkazmay qolmaydi. Kechikayotgan odam hech xotirjam bo‘la olmaydi, chunki u kechikyapti, u shoshadi. Uning jahli chiqqani, yo‘l belgilaridan, transportning sekin yurishidan nolidi kamday, u o‘zini kutib o‘tirganlarning ham noroziligiga uchraydi. Angliyalik olimlarning ta’kidlashicha, bunday stress "doimiy kechikadiganlar"ning umrini 3 yilga qisqartirar ekan.
Boshidan boshlashga hech qachon kech emas!
Foydali odatlarga o‘rganish uchun hech qachon kech emas, deb hisoblaydi Buyuk Britaniyaning Bat universiteti tadqiqotchilari. Ularning aniqlashicha, kuniga 25 daqiqa vaqtini jismoniy harakat - tez yurish, velosipedda sayr qilish, suzish bilan shug‘ullanishga ajratadigan odamlar deyarli shifoxonaga tushmaydi va kamdan-kam hollarda shifokorga murojaat qiladi. Bu tadqiqotning eng ajoyib tomoni shundaki, ko‘rikdan o‘tganlarning o‘rtacha yoshi - 78 da.
Hamma ochiq havoga!
Sharqiy Kaliforniya universiteti (AQSH) tadqiqotchilari 55 yoshdan oshgan odamlarning xotira, o‘rganish va intellektual salohiyatini baholab, quyidagi xulosaga keldi: har kuni ochiq havoda sayr qiladiganlarning aqliy mehnatga bo‘lgan imkoniyatlari yoshlikdagidek saqlanib qoladi.
Umuman olganda, foydali odatlar har tomonlama foydali. Demak, ularga ega bo‘lishga hech qachon kech emas. Lekin, bu vaqtni o‘tkazib yuborish kerak degani emas.
Ishga yoki biror joyga borish uchun odatdagidan 15 daqiqa oldin chiqsangiz, stressning hayotingiz daqiqalarini o‘g‘irlashiga yo‘l qo‘ymagan bo‘lasiz.
Uch yil davomida kuniga 25 daqiqalik jismoniy harakat 70 yoshdan oshganlarning shifoxonaga tushishini 2 barobar kamaytiradi.
Har kuni ochiq havoda sayr qilish nafaqat yurak faoliyati va teri rangi uchun, balki xotira qobiliyati va miya faoliyati uchun ham juda foydali.
Aynash Maxambetaliyeva, Mo‘ynoq tuman Tibbiyot birlashmasi Xirurgiya bo‘limi hamshirasi
