Mo‘ynoq tumanida 27-sessiya bo‘lib o‘tdi
2026-01-08 11:55:00 / Yangiliklar

Bugun Mo‘ynoq tumanida Xalq deputatlari tuman Kengashining 27-sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Sessiyaga Kengash raisi A. Tleuov raislik qildi.
Sessiya kun tartibida deputatlar tomonidan 7 muhim masala ko‘rib chiqildi. Jumladan:
🔹 Jinoyatchilikning oldini olish va Prezident qarorlari ijrosi
🔹 Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar
🔹 Ichki ishlar bo‘limi faoliyati hisoboti
🔹 Davlat organlarida norma ijodkorligi va huquqni qo‘llash amaliyoti
🔹 Tuman tibbiyot birlashmasining 2025-yildagi faoliyati
🔹 2026-yil uchun Kengash va doimiy komissiyalar ish rejalari
🔹 2026-yilga mo‘ljallangan bazaviy soliq stavkalari va koeffitsiyentlar
📊 Sessiyada tuman rivoji, aholi xavfsizligi, sog‘liqni saqlash, qonun ustuvorligi va iqtisodiy barqarorlikka qaratilgan muhim qarorlar muhokama qilindi.
➡️ Belgilangan vazifalar ijrosi doimiy nazoratga olinadi.









